Saytga qaytish

Savol-javob

Ta'lim pullikmi?

Asosiy funksiyalar — kurslar, testlar, sertifikatlar — bepul. Alohida pullik imtihonlar narxi so'mda, sahifasida ko'rsatiladi.

Bitta Telegram hisobiga nechta profil ochsa bo'ladi?

Bitta. Har bir Telegram yoki Google hisobiga bitta profil biriktiriladi. Ikkinchi profil kerak bo'lsa, boshqa hisobdan ro'yxatdan o'ting.

Sertifikatni qanday tekshirish mumkin?

Sertifikatlar sahifasiga sertifikat raqamini kiriting (namuna: SN-2026-XXXXX). Tizim egasi, kurs yoki test nomi, ball va sanani ko'rsatadi. Raqam topilmasa — sertifikat soxta yoki o'chirilgan.

Testda o'tolmadim — XP beriladimi?

Oddiy testlarda XP faqat birinchi muvaffaqiyatli urinish uchun beriladi. Imtihonlarda o'tolmagan taqdirda ham to'plagan balingizning yarmi XP bo'lib beriladi — har urinishda.

Urinishlar tugab qoldi, nima qilaman?

Testda urinishlar limiti (maxAttempts) bo'lsa, tugagach qayta topshirib bo'lmaydi. Yangi urinish uchun test muallifi yoki support botga murojaat qiling.

Kursim katalogda ko'rinmayapti (o'qituvchilar uchun)

Tekshirish ro'yxati:

  1. Kurs nashr etilganmi (qoralama holatda katalogga chiqmaydi)?
  2. Kategoriya tanlanganmi?
  3. Darslar modullar ichidami (bo'sh modul muammo tug'diradi)?
  4. Test nashr etilganmi (testlar uchun)?

Barchasi joyida bo'lsa — support botga kurs havolasi bilan yozing.

Hisobim buzilgan bo'lsa nima qilaman?

  1. Darhol parolni almashtiring (Profil → Xavfsizlik);
  2. Notanish qurilmalarni sessiyalardan yoping;
  3. Support botga nima bo'lganini yozing — operator tekshiradi.

Hisobni o'chirish mumkinmi?

Support bot orqali murojaat qoldiring — operator so'rovingizni ko'rib chiqadi.

Telefon orqali to'liq ishlasa bo'ladimi?

Ha. Sayt telefon ekraniga moslashgan, barcha asosiy funksiyalar ishlaydi. Telegram orqali kirish telefonda eng qulay usul.

SkillNest Docs