Saytga qaytish

Baholash va unvonlar

SkillNest'da ikki mustaqil rag'bat oqimi bor. O'quvchi XPsi o'rganish faolligi uchun, o'qituvchi XPsi kontent yaratish uchun beriladi. Har ikkisi bitta umumiy balansga qo'shiladi va unvon shu balansdan belgilanadi.

O'quvchi XPsi — to'liq jadval

HarakatXPIzoh
Darsni yakunlash15Har bir yangi yakunlangan dars
Kursni 100% tugatish150Darslar uchun 15 XP alohida
Kursga sharh15Baho (1–5) + matn shart
Testga sharh10Bitta testga bitta sharh
Testni topshirishtest mukofotiFaqat birinchi muvaffaqiyatli urinish
Imtihondan o'tishto'liq mukofotOdatda 100 XP
Imtihondan o'tolmaslikballning yarmiHar urinishda

Test mukofoti formulasi

Test yaratilganda mukofot avtomatik hisoblanadi va uni o'zgartirib bo'lmaydi:

mukofot = savollar × 10 × daraja_koeffitsienti

Daraja koeffitsientlari: BEGINNER ×1, INTERMEDIATE ×1.5, ADVANCED ×2. Natija 5 ga yaxlitlanadi, minimum — 10 XP.

Misol: 12 savollik INTERMEDIATE test → 12 × 10 × 1.5 = 180 XP.

Birinchi urinish bonuslari (mukofot ustiga):

  • 100% natija: +25 XP;
  • Vaqtning yarmidan tez topshirish: +15 XP (vaqt chegarasi bor testlarda).

Qayta topshirishlar XP bermaydi — lekin bilimni mustahkamlash uchun foydalidir.

Yuqoridagi kalkulyatorda o'z rejangizni hisoblab ko'ring.

Unvonlar jadvali

UnvonMinimal XPBelgisi
Novice0🌱
Apprentice1 000🥉
Adept3 000🥈
Specialist7 500🥇
Expert15 000💎
Master30 000🔷
Grandmaster60 000👑
Titan120 000⚡

Unvon chegaraga yetganda avtomatik yangilanadi va profil, reyting hamda izohlar yonida ko'rinadi.

Kunlik seriya

Seriya qoidasi oddiy: har kuni kamida bitta darsni yakunlang.

  • Ketma-ket kunlar soni — seriya hisoblagichi;
  • Eng uzun seriya alohida saqlanadi va profilga chiqadi;
  • Bir kun o'tkazib yuborilsa, seriya 1 dan qayta boshlanadi;
  • Bir kunda bir nechta dars — seriyani tezlatmaydi, lekin XP beradi.

Seriya sanasi Toshkent vaqt mintaqasidan emas, UTC kun chegarasidan hisoblanadi — yarim tunda dars qoldirmang.

O'qituvchi XPsi — to'liq formula

Kurs nashr etilganda bir martalik mukofot:

kurs_XP = (50 + modullar×15 + darslar_yig'indisi + sertifikat_bonusi) × daraja

Har bir dars:

dars_XP = 20 + davomiylik_daqiqa (max 60) + video_bor (10) + kod_muharriri (10) + matn_bonusi (2/5/8) + prevyu (5)
  • sertifikat_bonusi — kursda sertifikat yoqilgan bo'lsa 20, aks holda 0;
  • daraja: BEGINNER ×1, INTERMEDIATE ×1.2, ADVANCED ×1.4;
  • yakun 5 ga yaxlitlanadi, minimum 10 XP.

Misol: 3 modulli, 12 darsli (har biri 15 daqiqalik video dars, qisqa matn), sertifikatli BEGINNER kurs → 50 + 45 + 12×(20+15+10) + 20 = 655 → 655 XP. Dars matni uzun bo'lsa, matn bonusi (+2/+5/+8) qo'shiladi.

Test nashr etilganda:

test_XP = (30 + savollar_yig'indisi) × daraja

Har bir savol: baza 8 + kod muharriri (5) + tushuntirish (2) + 4 va undan ko'p variant (1).

Imtihon nashr etilganda: baza 50 + har bir bo'lim 20 + har bir savol 6.

Muhim: mavjud kursga yangi dars yoki testga yangi savol qo'shsangiz, faqat yangi kontent uchun qo'shimcha mukofot hisoblanadi — eski mukofot takrorlanmaydi.

XP kalkulyatori
Jami XP: 280 XP
SkillNest Docs