Boshlash
SkillNest — zamonaviy kasblar bo'yicha ta'lim platformasi. Bitta hisob orqali video kurslar, interaktiv testlar, attestatsiya imtihonlari, tasdiqlanadigan sertifikatlar, o'qituvchilar bilan muloqot va Telegram botlaridan foydalanish mumkin.
Platforma uchta asosiy rolga asoslangan: o'quvchi o'rganadi, o'qituvchi kontent yaratadi, admin tizimni boshqaradi. Har bir rolning imkoniyatlari O'quvchiga, O'qituvchiga va Hisob va xavfsizlik bo'limlarida batafsil yoritilgan.
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish sahifasida uchta maydon to'ldiriladi:
- To'liq ism — profil va sertifikatlarda ko'rinadi;
- Username — 5–30 belgi, kichik lotin harflari, raqamlar va
_. -belgilari;admin,support,skillnest,botkabi tizim nomlari band qilingan; - Parol — kamida 8 belgi.
So'ngra spamga qarshi tasdiqlash usuli tanlanadi. Ikkita usul bor, ikkalasi ham ikki variantda ishlaydi:
| Usul | 1-variant (tavsiya) | 2-variant |
|---|---|---|
| Telegram | Havola orqali — botda tasdiqlash tugmasi, kod shart emas | 6 xonali kod orqali |
| Havola orqali — brauzer hisobi, 1 bosishda | 6 xonali email kod orqali |
Muhim qoidalar:
- Barcha yangi hisoblar o'quvchi (STUDENT) maqomida ochiladi — ro'yxatdan o'tishda o'qituvchilikni tanlash imkoni yo'q;
- Bitta Telegram yoki Google hisobiga bitta profil biriktiriladi;
- Tasdiqlash kodi 15 daqiqa amal qiladi.
Kirish usullari
To'rtta mustaqil kirish yo'li mavjud va ularni almashtirib ishlatish mumkin:
- Username yoki email + parol — klassik usul;
- Google hisobi — 1 bosishda, parol shart emas;
- Gmail kod — ro'yxatdagi pochtaga kelgan bir martalik 6 xonali kod (10 daqiqa amal qiladi);
- Telegram boti — 1 bosishda yoki kod orqali.
Kirish sessiyasi brauzerda 30 kun saqlanadi ("Eslab qolish" o'chiq bo'lsa 1 kun). Har bir hisobda eng yangi 10 ta sessiya saqlanadi.
Parolni tiklash
Parol esdan chiqqan bo'lsa:
- Kirish sahifasidagi Parolni unutdingizmi havolasini bosing;
- Yordam boti (@SkillNest_Support_bot) ochiladi;
- Bot yo'riqnomasiga amal qiling — operator tasdiqlagach yangi parol o'rnatiladi.
Google yoki Telegram orqali kirgan hisoblarda parol bo'lmaydi. Bunday hisobga parol o'rnatmoqchi bo'lsangiz: Profil → Bog'langan hisoblar bo'limida email ulang — parol maydoni avtomatik taklif etiladi.
O'qituvchi bo'lish — qisqacha
Batafsil tartib O'qituvchiga bo'limida. Qisqasi: o'quvchi bo'lib kiring → Ustoz bo'lish sahifasidagi yo'riqnomani o'qing → @SkillNest_Admin ga yozing. Huquqni faqat administrator beradi.
Keyingi qadam
- O'rganishni boshlash: O'quvchiga
- Ballar tizimi: Baholash va unvonlar
- Kontent yaratish: O'qituvchiga